Xitoylik olimlarning vataniga qaytishi Amerika orzusi jozibasi pasayib, "aqllar oqimi" yo‘nalishi o‘zgarayotganini ko‘rsatmoqda
https://oz.sputniknews.uz/20260806/china-american-dream-dafn-59526329.html
Xitoyliklar Amerika orzusini dafn etdi
Xitoyliklar Amerika orzusini dafn etdi
Sputnik O‘zbekiston
Chorak asr avval AQShni tanlagan xitoylik iqtidorlar bugun vatanida qolgan kursdoshlarining imkoniyatlari yuqoriroq ekanini ko‘rmoqda. Bu "aqllar oqimi", talabalar vizasi va Amerika orzusi haqidagi qarashlarni o‘zgartirmoqda.
2026-08-06T14:42+0500
2026-08-06T14:42+0500
2026-08-06T14:42+0500
kolumnistlar
aqsh
xitoy
olimlar
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59518439_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_fb1265530973b272ca94021c1967a7bc.jpg
Statistika ishonchliroqmi yoki bir guruh insonning hayotiy hikoyasimi? RIA Novosti sharhlovchisi Xitoyning eng nufuzli universitetlarida birga o‘qigan sobiq talabalar uchrashuvini misol qilib, ikkinchi yo‘lni tanladi.Chorak asr avval Xitoyning Sinxua, Fudan va boshqa nufuzli universitetlarining fizika, kimyo va muhandislik yo‘nalishlarida o‘qigan eng iqtidorli talabalar AQShda ta’limni davom ettirish uchun taklif olgan edi.Yaqinda Pekinda o‘tkazilgan vatandoshlar konferensiyasi paytida ularning norasmiy uchrashuvi bo‘ldi. AQShdan kelganlar professor, yirik korporatsiya mutaxassisi yoki rahbariga aylangan, farzandlari nufuzli maktab va universitetlarda o‘qigan edi. Ya’ni ular Amerika orzusiga erishgan insonlar edi.Biroq uchrashuv ular uchun kutilmagan manzarani ochdi. Xitoyda qolgan sobiq kursdoshlarining daromadi, imkoniyati va ijtimoiy mavqeyi ko‘p hollarda ularnikidan yuqori chiqdi. Ular mehmonlarni qimmat mehmonxonalarga joylashtirdi, haydovchili avtomobillar yubordi va katta jamoalarni boshqarayotganini aytdi.Bir paytlar "eng yaxshilar" AQShga ketgan, vatanida esa go‘yo biroz kamroq iqtidorlilar qolgan edi. Ammo aynan qolganlar Xitoyning bugungi qudratini yaratishda ishtirok etdi.Publitsistning xulosasiga ko‘ra, bu faqat ikki o‘nlab insonning taqdiri emas. O‘nlab yillar davomida AQSh uchun "aqllar oqimi" katta yutuq sanalgan: dunyoning eng iqtidorli yoshlari Amerikaga kelib, uning ilmiy, texnologik va iqtisodiy ustunligini oshirishi kerak edi. Har bir yosh olim kelajakdagi sodiq fuqaro va qimmatli kadr sifatida qabul qilingan.Endi esa munosabat o‘zgarmoqda. Xitoylik talaba ko‘pincha kelajakdagi olim emas, balki ehtimoliy texnologik xavf sifatida ko‘rila boshladi. Vaholanki, xorijlik talabalar AQSh iqtisodiyotiga yiliga 55 mlrd dollar daromad keltiradi va 400 mingga yaqin ish o‘rnini ta’minlaydi. Qabul qisqarishi esa bir yilning o‘zida 1,1 mlrd dollar va 23 ming ish o‘rni yo‘qotilishiga olib kelgani aytilmoqda. Demak, avval iqtisodiy va siyosiy yutuq sanalgan jarayon bugun xavf sifatida talqin qilinmoqda.Muallif Rochester universitetida ishlaydigan xitoylik professorning gaplarini ham keltiradi. U Amerikada muvaffaqiyatga erishgan, yaxshi uy va yaxta sotib olgan, o‘zini AQSh vatanparvari deb bilgan. Ammo hozir u xitoylik olim va talabalarga nisbatan shubha kuchayganidan norozi.Ayni paytda barcha muhojir olimlar ham bir xil muvaffaqiyatga erishmaydi. Ayrimlar o‘z omadsizligini Xitoy hukumati yoki vatani bilan bog‘lab, keskin siyosiy qarashlarga beriladi. Bu esa AQShda muvaffaqiyat qozongan xitoyliklarning hayotini yanada murakkablashtiradi.Shunday qilib, bir paytlar Amerika qudratini oshirgan "aqllar oqimi" endi teskari yo‘nalish olishi mumkin. South China Morning Post so‘nggi yillarda AQShda ishlagan xitoylik mashhur olim va muhandislarning vataniga qaytishi haqida muntazam yozmoqda. Ular endi Amerika orzusi emas, balki Xitoydagi imkoniyatlarni tanlamoqda.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Dmitriy Kosirev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/642/17/6421726_421:0:2432:2011_100x100_80_0_0_ce0ed8c197fe03cd3635173d35187e4c.jpg
Dmitriy Kosirev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/642/17/6421726_421:0:2432:2011_100x100_80_0_0_ce0ed8c197fe03cd3635173d35187e4c.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dmitriy Kosirev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/642/17/6421726_421:0:2432:2011_100x100_80_0_0_ce0ed8c197fe03cd3635173d35187e4c.jpg
kolumnistlar, aqsh, xitoy, olimlar, talabalar
kolumnistlar, aqsh, xitoy, olimlar, talabalar

Xitoylik olimlarning vataniga qaytishi Amerika orzusi jozibasi pasayib, "aqllar oqimi" yo‘nalishi o‘zgarayotganini ko‘rsatmoqda
Statistika ishonchliroqmi yoki bir guruh insonning hayotiy hikoyasimi? RIA Novosti sharhlovchisi Xitoyning eng nufuzli universitetlarida birga o‘qigan sobiq talabalar uchrashuvini misol qilib, ikkinchi yo‘lni tanladi.
Chorak asr avval Xitoyning Sinxua, Fudan va boshqa nufuzli universitetlarining fizika, kimyo va muhandislik yo‘nalishlarida o‘qigan eng iqtidorli talabalar AQShda ta’limni davom ettirish uchun taklif olgan edi.
2000-yillar boshida Amerika orzusi jozibali, Xitoy esa hali bugungi qudratga ega emasdi. Ko‘pchilik AQShga ketdi, bir qismi esa vatanida qoldi.
Yaqinda Pekinda o‘tkazilgan vatandoshlar konferensiyasi paytida ularning norasmiy uchrashuvi bo‘ldi. AQShdan kelganlar professor, yirik korporatsiya mutaxassisi yoki rahbariga aylangan, farzandlari nufuzli maktab va universitetlarda o‘qigan edi. Ya’ni ular Amerika orzusiga erishgan insonlar edi.
Biroq uchrashuv ular uchun kutilmagan manzarani ochdi. Xitoyda qolgan sobiq kursdoshlarining daromadi, imkoniyati va ijtimoiy mavqeyi ko‘p hollarda ularnikidan yuqori chiqdi. Ular mehmonlarni qimmat mehmonxonalarga joylashtirdi, haydovchili avtomobillar yubordi va katta jamoalarni boshqarayotganini aytdi.
Bir paytlar "eng yaxshilar" AQShga ketgan, vatanida esa go‘yo biroz kamroq iqtidorlilar qolgan edi. Ammo aynan qolganlar Xitoyning bugungi qudratini yaratishda ishtirok etdi.
Publitsistning xulosasiga ko‘ra, bu faqat ikki o‘nlab insonning taqdiri emas. O‘nlab yillar davomida AQSh uchun "aqllar oqimi" katta yutuq sanalgan: dunyoning eng iqtidorli yoshlari Amerikaga kelib, uning ilmiy, texnologik va iqtisodiy ustunligini oshirishi kerak edi. Har bir yosh olim kelajakdagi sodiq fuqaro va qimmatli kadr sifatida qabul qilingan.
Endi esa munosabat o‘zgarmoqda. Xitoylik talaba ko‘pincha kelajakdagi olim emas, balki ehtimoliy texnologik xavf sifatida ko‘rila boshladi.
AQShdagi Immigratsiya tadqiqotlari markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida Xitoy va Hindiston talabalariga berilgan vizalar soni kamaygan. Bu ayrim doiralarda amerikalik talabalar va milliy xavfsizlik uchun yutuq sifatida baholanmoqda.
Vaholanki, xorijlik talabalar AQSh iqtisodiyotiga yiliga 55 mlrd dollar daromad keltiradi va 400 mingga yaqin ish o‘rnini ta’minlaydi. Qabul qisqarishi esa bir yilning o‘zida 1,1 mlrd dollar va 23 ming ish o‘rni yo‘qotilishiga olib kelgani aytilmoqda. Demak, avval iqtisodiy va siyosiy yutuq sanalgan jarayon bugun xavf sifatida talqin qilinmoqda.
Muallif Rochester universitetida ishlaydigan xitoylik professorning gaplarini ham keltiradi. U Amerikada muvaffaqiyatga erishgan, yaxshi uy va yaxta sotib olgan, o‘zini AQSh vatanparvari deb bilgan. Ammo hozir u xitoylik olim va talabalarga nisbatan shubha kuchayganidan norozi.
AQShga o‘qish uchun kelgan xitoylik talabalar chegarada uzoq so‘roqqa tutiladi. Xitoyga borib qaytgan, Amerikada anchadan beri ishlayotgan olimlar ham qayerda bo‘lgani, kimlar bilan uchrashgani, nima haqida ma’ruza qilgani va qanday tadqiqotlar muhokama etilgani yuzasidan so‘roq qilinadi.
Ayni paytda barcha muhojir olimlar ham bir xil muvaffaqiyatga erishmaydi. Ayrimlar o‘z omadsizligini Xitoy hukumati yoki vatani bilan bog‘lab, keskin siyosiy qarashlarga beriladi. Bu esa AQShda muvaffaqiyat qozongan xitoyliklarning hayotini yanada murakkablashtiradi.
Shunday qilib, bir paytlar Amerika qudratini oshirgan "aqllar oqimi" endi teskari yo‘nalish olishi mumkin. South China Morning Post so‘nggi yillarda AQShda ishlagan xitoylik mashhur olim va muhandislarning vataniga qaytishi haqida muntazam yozmoqda. Ular endi Amerika orzusi emas, balki Xitoydagi imkoniyatlarni tanlamoqda.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Xushbo‘yligi bilan mashhur Xorazm guruchi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi | 0 | 10 | 30-07-2026 |
| 2 | В посольстве РФ в США заявили о более 2 тыс. россиян, желающих вернуться домой | 0 | 0 | 04-04-2020 |
| 3 | Qirg‘iziston O‘zbekistondan o‘tgan Chongara aholisiga fuqarolik berishni boshladi | 0 | 7.23 | 04-08-2026 |
| 4 | Пекин призвал США прекратить провоцировать Китай | 0 | 0 | 30-03-2023 |
| 5 | В США соотечественники разместили у себя 10 россиян после отмены вывозного рейса в РФ | 0 | 0 | 04-04-2020 |
| 6 | В КНР назвали ложными сообщения о планах США запретить въезд членам Компартии | 0 | 0 | 17-07-2020 |
| 7 | WSJ: Пекин предупредил Вашингтон о возможности задержания американцев в Китае | 0 | 0 | 17-10-2020 |
| 8 | США будут требовать больше данных от выходящих на американские биржи китайских фирм | 0 | 0 | 30-07-2021 |
| 9 | Reuters: Китай обратился в ВТО из-за новых американских пошлин | 0 | 0 | 18-09-2018 |
| 10 | Китай призвал США вернуться к выполнению Договора о РСМД | 0 | 0 | 02-08-2019 |