Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Yo‘llar to‘g‘risida yangi qonun: og‘ir va yirik transportlar ruxsatnoma bilan harakatlanadi

Дата публикации: 06-08-2026 07:24:00

Yangi qonunda og‘ir va yirik transportlar harakati, pulli yo‘llar hamda ularga muqobil bepul yo‘nalishlar tartibi belgilandi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260806/yollar-yangi-qonun-59518874.html

Yo‘llar to‘g‘risida yangi qonun: og‘ir va yirik transportlar ruxsatnoma bilan harakatlanadi

Yo‘llar to‘g‘risida yangi qonun: og‘ir va yirik transportlar ruxsatnoma bilan harakatlanadi

Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Og‘ir va yirik transportlar maxsus ruxsatnoma bilan harakatlanadi, pulli yo‘llar esa muqobil bepul yo‘nalish mavjud bo‘lganda tashkil etiladi.

2026-08-06T12:24+0500

2026-08-06T12:24+0500

2026-08-06T12:24+0500

yo‘l

haydovchilar

avtomobil

avtomobil yo‘li

yangi qonun

jamiyat

qurilish

o‘zbekiston

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/09/25/092582_0:0:1601:901_1920x0_80_0_0_c38af08bfc6dde1b0132fa39a7a496c7.jpg

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekistonda "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalari avtomobil yo‘llarida faqat maxsus vakolatli organ yoki uning tizimidagi idoralar bergan ruxsatnoma asosida harakatlanishi mumkin.Qonunda avtomobil yo‘llari umumiy foydalanishdagi yo‘llar, aholi punktlarining ichki yo‘llari va xo‘jalik yo‘llariga ajratildi. Ulardan foydalanish bepul yoki belgilangan tartibda pulli bo‘lishi mumkin.Pulli yo‘lni qurish, rekonstruksiya qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qaror prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda haydovchilar uchun tegishli holatdagi muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lishi shart.Pulli yo‘lda yuqori tezlik rejimi va butun yo‘nalish bo‘ylab yuqori darajadagi servis ta’minlanishi lozim. To‘lov yo‘lga kirish, to‘lov punkti yoki yo‘l talonini sotib olish orqali amalga oshiriladi.Qonunda umumiy foydalanishdagi yo‘llar uchun ajratiladigan yer mintaqasining minimal o‘lchamlari ham belgilandi: I toifadagi yo‘llarda — 80 metr, II toifada — 60 metr, III va IV toifalarda — 40 metr, V toifada esa 25 metr.Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi sohadagi maxsus vakolatli organ etib belgilandi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki hisoblanadi.

https://oz.sputniknews.uz/20260722/tashkent-samarkand-avtomagistral-qurilish-59193085.html

o‘zbekiston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/09/25/092582_0:0:1601:1200_1920x0_80_0_0_42e80af8801c6f6c50bfbcdc0d74d6e8.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

yo‘l, haydovchilar, avtomobil, avtomobil yo‘li , yangi qonun, jamiyat, qurilish, o‘zbekiston

yo‘l, haydovchilar, avtomobil, avtomobil yo‘li , yangi qonun, jamiyat, qurilish, o‘zbekiston

Yangi qonunda og‘ir va yirik transportlar harakati, pulli yo‘llar hamda ularga muqobil bepul yo‘nalishlar tartibi belgilandi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekistonda "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalari avtomobil yo‘llarida faqat maxsus vakolatli organ yoki uning tizimidagi idoralar bergan ruxsatnoma asosida harakatlanishi mumkin.

Maxsus ruxsatnoma tartibi avval ham qonunosti hujjatlarida amal qilgan. Yangi qonun bilan ushbu talab qonun darajasida mustahkamlandi.

Qonunda avtomobil yo‘llari umumiy foydalanishdagi yo‘llar, aholi punktlarining ichki yo‘llari va xo‘jalik yo‘llariga ajratildi. Ulardan foydalanish bepul yoki belgilangan tartibda pulli bo‘lishi mumkin.

Pulli yo‘lni qurish, rekonstruksiya qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qaror prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda haydovchilar uchun tegishli holatdagi muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lishi shart.

Pulli yo‘lda yuqori tezlik rejimi va butun yo‘nalish bo‘ylab yuqori darajadagi servis ta’minlanishi lozim. To‘lov yo‘lga kirish, to‘lov punkti yoki yo‘l talonini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Qonunda umumiy foydalanishdagi yo‘llar uchun ajratiladigan yer mintaqasining minimal o‘lchamlari ham belgilandi: I toifadagi yo‘llarda — 80 metr, II toifada — 60 metr, III va IV toifalarda — 40 metr, V toifada esa 25 metr.

Bu yerda gap qatnov qismi yoki asfalt yo‘lning kengligi haqida emas. Ajratilgan mintaqa yo‘lning o‘zi, uning konstruktiv elementlari, muhandislik inshootlari, xizmat binolari hamda himoya va manzarali daraxtzorlar uchun ajratiladigan yer maydonini qamrab oladi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi sohadagi maxsus vakolatli organ etib belgilandi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev dal start stroitelstvu novoy avtomagistrali Tashkent — Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida bojxona muzokaralari kuzda boshlanadi08.2603-08-2026
2Neft qazib olish, Xitoyga yangi ko‘prik va kema zavodi: "Yevroosiyo" loyihalari08.4604-08-2026
3Benzin va mobil aloqa qimmatladi, oziq-ovqat arzonladi: iyul inflyatsiyasi013.8706-08-2026
4Prezident temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi08.9801-08-2026
5Toshkent chorrahalari: zamonaviy shahar ritmi — foto07.9706-08-2026
6YeOIIda deyarli barcha avtotranzit yuklari elektron plomba bilan kuzatiladi013.0630-07-2026
7Mashinani olib qo‘yish va yuqori tezlik uchun huquqdan mahrum qilish: loyiha ma’qullandi07.9704-08-2026
8ЦСР заявил, что пересмотр механизма сдерживания цен на топливо снизит цены на перевозку0024-08-2021
9Cobalt va Damas uchun 15 mln, Captiva uchun 45 mln so‘mgacha chegirma berildi018.8603-08-2026
10Mirziyoyev elektr va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash rejalari bilan tanishdi07.7406-08-2026

Классификация: . Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 6.05. Источник: oz.sputniknews-uz.com.