Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Xirosima va Nagasaki: atom bombardimonlari haqida kam ma’lum faktlar

Дата публикации: 06-08-2026 05:07:36

Xirosima va Nagasaki bombardimonlari: o‘zgargan nishon, ikki portlashdan omon qolgan inson va Yaponiya taslimi haqidagi bahslar

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260806/hiroshima-nagasaki-atom-bombardimon-59515936.html

Xirosima va Nagasaki: atom bombardimonlari haqida kam ma’lum faktlar

Xirosima va Nagasaki: atom bombardimonlari haqida kam ma’lum faktlar

Sputnik O‘zbekiston

1945 yilda AQSh Xirosima va Nagasakiga atom bombalarini tashladi. Nagasaki nega ikkinchi nishonga aylandi, ikki hujumdan kim omon qoldi, oleandr qanday ramz bo‘ldi va Yaponiya taslimida SSSR qanday rol o‘ynadi?

2026-08-06T10:07+0500

2026-08-06T10:07+0500

2026-08-06T10:12+0500

yaponiya

xirosima fojiasi

atom bombasi

ikkinchi jahon urushi

tarix

tarixiy sana

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/09/45557709_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_a300432f3f2f85e37828a5a287cf277a.jpg

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. 1945-yil 6-avgustda AQSh Xirosimaga, uch kundan keyin esa Nagasakiga atom bombasini tashladi. Bu insoniyat tarixida yadroviy qurolning urushda qo‘llangan yagona holati bo‘lib qolmoqda. Biroq atom bombardimonlari tarixi nishonlarni tanlashdan tortib, omon qolgan insonlar taqdirigacha bo‘lgan ko‘plab kam ma’lum tafsilotlarni ham o‘z ichiga oladi.Nagasaki asosiy nishon emas edi1945 yil 9-avgustda atom bombasini olib kelgan AQShning B-29 samolyoti dastlab Nagasakiga emas, Kokura shahriga yo‘l olgan.Biroq Kokura osmonidagi tuman va tutun nishonni ko‘rishga xalaqit bergan. Samolyot ekipaji bir necha urinishdan keyin yoqilg‘i kamayib borayotgani sababli ikkinchi nishon — Nagasaki tomon burilgan. U yerda ham bulutlar bo‘lgani uchun bomba rejalashtirilgan nuqtadan ancha uzoqqa tashlangan.Ikki atom zarbasidan omon qolgan insonYaponiyalik muhandis Sutomu Yamaguti 6-avgust kuni xizmat safari bilan Xirosimada bo‘lgan va birinchi portlashdan omon qolgan. Shundan so‘ng u o‘z shahri Nagasakiga qaytib, 9-avgustda ikkinchi atom bombardimoniga ham duch kelgan.Ikki shahardagi portlash ta’siriga uchragan boshqa odamlar ham bo‘lgan. Ammo Yamaguti Yaponiya hukumati tomonidan har ikki bombardimon jabrlanuvchisi sifatida rasman tan olingan yagona inson hisoblanadi. Birinchi bo‘lib ochilgan gulPortlashdan keyin Xirosimada 75-yil davomida hech narsa o‘smaydi, degan qarash tarqalgan edi. Ammo vayron bo‘lgan shaharda oleandr gulladi.Xirosima shahar ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, oleandr kuygan yerda birinchi bo‘lib ochilgan gul sifatida aholiga umid bag‘ishlagan. Keyinchalik u Xirosimaning rasmiy guli va shahar qayta tiklanishining ramziga aylangan. Qog‘oz turnalar qanday qilib tinchlik ramziga aylandi?Xirosima bombardimoni vaqtida Sadako Sasaki ikki yoshda edi. U dastlab jarohat olmagan, ammo oradan to‘qqiz yil o‘tib og‘ir kasallikka chalingan.Sadako tuzalib ketish umidida qog‘ozdan turnalar yasagan. Uning vafotidan keyin sinfdoshlari atom bombardimonida halok bo‘lgan bolalarga bag‘ishlangan yodgorlik qurish uchun xayriya to‘play boshlagan. Bugun Xirosimadagi Bolalar tinchlik yodgorligiga dunyoning turli mamlakatlaridan har yili qariyb 10 millionta qog‘oz turna yuboriladi.Qurbonlar soni qancha?Aniq raqamni belgilash qiyin: portlash vaqtida shaharlarda qancha odam bo‘lgani to‘liq ma’lum emas, ko‘plab jabrlanganlar keyinchalik nurlanish oqibatlaridan vafot etgan.Xirosima ma’muriyati hisob-kitobiga ko‘ra, 1945-yil oxiriga qadar shaharda taxminan 140 ming kishi halok bo‘lgan. Nagasakida esa qurbonlar soni 74 mingga yaqin deb baholanadi.Yaponiya bombalarsiz ham taslim bo‘larmidi?An’anaviy AQSh talqiniga ko‘ra, atom bombardimonlari quruqlikdagi keng ko‘lamli janglarning oldini olgan.Boshqa tarixchilar esa 1945-yil yoziga kelib Yaponiya harbiy va iqtisodiy jihatdan mag‘lubiyat yoqasida bo‘lganini ta’kidlaydi. SSSR 8-avgustda Yaponiyaga urush e’lon qilib, Manchjuriyada hujum boshlagach, Tokio Moskva orqali kelishuvga erishish umididan ham mahrum bo‘lgan.Shuningdek, atom bombasidan foydalanish Vashingtonning SSSRga yangi qurol qudratini namoyish etishi va Sovet Ittifoqining Sharqiy Osiyodagi ta’sirini cheklashga qaratilgan diplomatik signal bo‘lgan, degan qarash ham mavjud.AQShni tilga olmaslikXirosimadagi ayrim rasmiy xotira nutqlarida AQShni bevosita tilga olish o‘rniga "atom bombasi tashlandi" yoki "bomba portladi" kabi majhul nisbatdagi ifodalar qo‘llanadi.

https://oz.sputniknews.uz/20250717/potsdam-konferentsiyasining-80-yilligi-50600043.html

yaponiya

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/09/45557709_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_1c8de0661a33695de071a12648505af3.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

yaponiya, xirosima fojiasi, atom bombasi, ikkinchi jahon urushi, tarix, tarixiy sana

yaponiya, xirosima fojiasi, atom bombasi, ikkinchi jahon urushi, tarix, tarixiy sana

10:07 06.08.2026 (yangilandi: 10:12 06.08.2026)

Xirosima va Nagasaki bombardimonlari: o‘zgargan nishon, ikki portlashdan omon qolgan inson va Yaponiya taslimi haqidagi bahslar

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. 1945 yil 6-avgustda AQSh Xirosimaga, uch kundan keyin esa Nagasakiga atom bombasini tashladi. Bu insoniyat tarixida yadroviy qurolning urushda qo‘llangan yagona holati bo‘lib qolmoqda.

Biroq atom bombardimonlari tarixi nishonlarni tanlashdan tortib, omon qolgan insonlar taqdirigacha bo‘lgan ko‘plab kam ma’lum tafsilotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Nagasaki asosiy nishon emas edi

1945 yil 9-avgustda atom bombasini olib kelgan AQShning B-29 samolyoti dastlab Nagasakiga emas, Kokura shahriga yo‘l olgan.

Biroq Kokura osmonidagi tuman va tutun nishonni ko‘rishga xalaqit bergan. Samolyot ekipaji bir necha urinishdan keyin yoqilg‘i kamayib borayotgani sababli ikkinchi nishon — Nagasaki tomon burilgan. U yerda ham bulutlar bo‘lgani uchun bomba rejalashtirilgan nuqtadan ancha uzoqqa tashlangan.

Ikki atom zarbasidan omon qolgan inson

Yaponiyalik muhandis Sutomu Yamaguti 6-avgust kuni xizmat safari bilan Xirosimada bo‘lgan va birinchi portlashdan omon qolgan. Shundan so‘ng u o‘z shahri Nagasakiga qaytib, 9-avgustda ikkinchi atom bombardimoniga ham duch kelgan.

Ikki shahardagi portlash ta’siriga uchragan boshqa odamlar ham bo‘lgan. Ammo Yamaguti Yaponiya hukumati tomonidan har ikki bombardimon jabrlanuvchisi sifatida rasman tan olingan yagona inson hisoblanadi.

Birinchi bo‘lib ochilgan gul

Portlashdan keyin Xirosimada 75-yil davomida hech narsa o‘smaydi, degan qarash tarqalgan edi. Ammo vayron bo‘lgan shaharda oleandr gulladi.

Xirosima shahar ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, oleandr kuygan yerda birinchi bo‘lib ochilgan gul sifatida aholiga umid bag‘ishlagan. Keyinchalik u Xirosimaning rasmiy guli va shahar qayta tiklanishining ramziga aylangan.

Qog‘oz turnalar qanday qilib tinchlik ramziga aylandi?

Xirosima bombardimoni vaqtida Sadako Sasaki ikki yoshda edi. U dastlab jarohat olmagan, ammo oradan to‘qqiz yil o‘tib og‘ir kasallikka chalingan.

Sadako tuzalib ketish umidida qog‘ozdan turnalar yasagan. Uning vafotidan keyin sinfdoshlari atom bombardimonida halok bo‘lgan bolalarga bag‘ishlangan yodgorlik qurish uchun xayriya to‘play boshlagan. Bugun Xirosimadagi Bolalar tinchlik yodgorligiga dunyoning turli mamlakatlaridan har yili qariyb 10 millionta qog‘oz turna yuboriladi.

Aniq raqamni belgilash qiyin: portlash vaqtida shaharlarda qancha odam bo‘lgani to‘liq ma’lum emas, ko‘plab jabrlanganlar keyinchalik nurlanish oqibatlaridan vafot etgan.

Xirosima ma’muriyati hisob-kitobiga ko‘ra, 1945-yil oxiriga qadar shaharda taxminan 140 ming kishi halok bo‘lgan. Nagasakida esa qurbonlar soni 74 mingga yaqin deb baholanadi.

Yaponiya bombalarsiz ham taslim bo‘larmidi?

An’anaviy AQSh talqiniga ko‘ra, atom bombardimonlari quruqlikdagi keng ko‘lamli janglarning oldini olgan.

Boshqa tarixchilar esa 1945-yil yoziga kelib Yaponiya harbiy va iqtisodiy jihatdan mag‘lubiyat yoqasida bo‘lganini ta’kidlaydi. SSSR 8-avgustda Yaponiyaga urush e’lon qilib, Manchjuriyada hujum boshlagach, Tokio Moskva orqali kelishuvga erishish umididan ham mahrum bo‘lgan.

Shuningdek, atom bombasidan foydalanish Vashingtonning SSSRga yangi qurol qudratini namoyish etishi va Sovet Ittifoqining Sharqiy Osiyodagi ta’sirini cheklashga qaratilgan diplomatik signal bo‘lgan, degan qarash ham mavjud.

Xirosimadagi ayrim rasmiy xotira nutqlarida AQShni bevosita tilga olish o‘rniga "atom bombasi tashlandi" yoki "bomba portladi" kabi majhul nisbatdagi ifodalar qo‘llanadi.

Uchastniki sovetskoy delegatsii vo vremya zasedaniya Potsdamskoy konferensii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2025

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Господин приказал — самурай исполнил: почему японцы забыли, кто сжег Хиросиму09.2506-08-2026
2Нападение на школьников в Японии. Главное0028-05-2019
3🔭 Научпоп-сводка 📚 N+1 Ровно 81 год нaзaд, 6 августa ...018.2806-08-2026
4🔭 Научпоп-сводка 📚 N+1 Ровно 81 год нaзaд, 6 августa ...018.2806-08-2026
5🔭 Научпоп-сводка 📚 N+1 Ровно 81 год нaзaд, 6 августa ...018.2806-08-2026
6🔭 Научпоп-сводка 📚 N+1 Ровно 81 год нaзaд, 6 августa ...018.2806-08-2026
7🔭 Научпоп-сводка 📚 N+1 Ровно 81 год нaзaд, 6 августa ...018.2806-08-2026
8🔭 Научпоп-сводка 📚 N+1 Ровно 81 год нaзaд, 6 августa ...018.2806-08-2026
9Kannavaro JChdagi xatolar, muammolar va yangi rejalar haqida gapirdi05.9205-08-2026
10Искусство разбудить спящего гиганта: главные ошибки Японии при атаке на Перл-Харбор0007-12-2021

Классификация: Мнения. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 6.4. Источник: oz.sputniknews-uz.com.