Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

YeIK Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini ustuvor loyiha deb atadi

Дата публикации: 05-08-2026 14:33:00

Arzibek Kojoshev yangi temir yo‘l, umumiy energiya bozorlari va raqamli logistikani global beqarorlikka javob deb atadi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260805/temir-yol-loyiha-59509748.html

YeIK Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini ustuvor loyiha deb atadi

YeIK Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini ustuvor loyiha deb atadi

Sputnik O‘zbekiston

YeIK vaziri Arzibek Kojoshev Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini Yevroosiyodagi ustuvor loyihalardan biri deb atadi. U umumiy energiya bozorlari va qog‘ozsiz tashuvlarni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

2026-08-05T19:33+0500

2026-08-05T19:33+0500

2026-08-05T19:33+0500

o‘zbekiston va yeoii

yeoii

yeik

neft

energetika

qirg‘iziston

forum

transport

tranzit tashish

markaziy osiyo

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59509573_0:61:1401:849_1920x0_80_0_0_e9f0e119f06e4a55a89dd125f1164fc3.jpg

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li Yevroosiyodagi ustuvor transport loyihalaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda YeIKning energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev VIII Qirg‘iziston–Rossiya iqtisodiy forumida ma’lum qildi.Uning aytishicha, global ta’minot zanjirlarining o‘zgarishi va yuklarni dengiz yo‘llaridan quruqlik yo‘nalishlariga qayta taqsimlash YeOII hamda Markaziy Osiyoni Yevroosiyo transport tizimining muhim qismiga aylantirmoqda.Kojoshev ustuvor loyihalar qatorida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini, Transkaspiy transport yo‘nalishini va "Shimol–Janub" xalqaro yo‘lagini sanab o‘tdi.Yangi yo‘nalish O‘zbekistonning Xitoy, Markaziy Osiyo va boshqa tashqi bozorlar bilan transport aloqalarini kengaytirishi kutilmoqda.Kojoshevning ta’kidlashicha, samarali logistika uchun transport hujjatlarini raqamlashtirish, davlatlar qonunchiligini muvofiqlashtirish va infratuzilma loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash zarur.YeOIIda xalqaro avtomobil tashuvlarida elektron e-CMR yuk xatini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilmoqda. Elektron hujjatlar yuklarni tekshirish va rasmiylashtirishni tezlashtirib, tashuvchilar xarajatlarini kamaytirishi kerak.Shuningdek, YeOIIning 14 ming kilometrdan ortiq asosiy avtomobil yo‘llarida yuk mashinalari uchun yagona vazn va gabarit talablarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Umumiy energiya bozorlariKojoshev tashqi energetik inqirozlarga qarshi ikkinchi mexanizm sifatida YeOIIning umumiy elektr energiyasi, neft va neft mahsullari bozorlarini shakllantirishni ko‘rsatdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq asosiy energiya resurslarini tashqaridan import qilishga muhtoj emas. Asosiy vazifa — ularni a’zo davlatlar o‘rtasida samarali qayta taqsimlash va barcha ishtirokchilarga teng shartlarda yetkazib berish.YeOII davlatlari umumiy energiya bozorlarini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq ayrim prinsipial masalalar yuzasidan hali kelishuv zarur.

https://oz.sputniknews.uz/20260726/putin-toqaev-eaeu-pozitsiya-59287154.html

qirg‘iziston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59509573_94:0:1306:909_1920x0_80_0_0_af93e69b2e374a4fc5069ace91da925d.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

yeoii, yeik, neft, energetika, qirg‘iziston, forum, transport, tranzit tashish, markaziy osiyo

yeoii, yeik, neft, energetika, qirg‘iziston, forum, transport, tranzit tashish, markaziy osiyo

Arzibek Kojoshev yangi temir yo‘l, umumiy energiya bozorlari va raqamli logistikani global beqarorlikka javob deb atadi.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li Yevroosiyodagi ustuvor transport loyihalaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda YeIKning energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev VIII Qirg‘iziston–Rossiya iqtisodiy forumida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, global ta’minot zanjirlarining o‘zgarishi va yuklarni dengiz yo‘llaridan quruqlik yo‘nalishlariga qayta taqsimlash YeOII hamda Markaziy Osiyoni Yevroosiyo transport tizimining muhim qismiga aylantirmoqda.

Kojoshev ustuvor loyihalar qatorida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini, Transkaspiy transport yo‘nalishini va "Shimol–Janub" xalqaro yo‘lagini sanab o‘tdi.

"Xalqaro transport yo‘laklari haqida gap ketganda, ko‘pchilik raqobat atamasini ishlatadi. Men to‘ldirish va diversifikatsiya haqida gapirgan bo‘lardim. Hozirgi sharoitda yo‘nalishlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi", — dedi YeIK vaziri.

Yangi yo‘nalish O‘zbekistonning Xitoy, Markaziy Osiyo va boshqa tashqi bozorlar bilan transport aloqalarini kengaytirishi kutilmoqda.

Kojoshevning ta’kidlashicha, samarali logistika uchun transport hujjatlarini raqamlashtirish, davlatlar qonunchiligini muvofiqlashtirish va infratuzilma loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash zarur.

YeOIIda xalqaro avtomobil tashuvlarida elektron e-CMR yuk xatini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilmoqda. Elektron hujjatlar yuklarni tekshirish va rasmiylashtirishni tezlashtirib, tashuvchilar xarajatlarini kamaytirishi kerak.

Shuningdek, YeOIIning 14 ming kilometrdan ortiq asosiy avtomobil yo‘llarida yuk mashinalari uchun yagona vazn va gabarit talablarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

YeIK ma’lumotiga ko‘ra, Yevroosiyo transport yo‘laklariga Ittifoqdagi tranzit yuk tashuvlarining qariyb 70 foizi to‘g‘ri keladi.

Umumiy energiya bozorlari

Kojoshev tashqi energetik inqirozlarga qarshi ikkinchi mexanizm sifatida YeOIIning umumiy elektr energiyasi, neft va neft mahsullari bozorlarini shakllantirishni ko‘rsatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq asosiy energiya resurslarini tashqaridan import qilishga muhtoj emas. Asosiy vazifa — ularni a’zo davlatlar o‘rtasida samarali qayta taqsimlash va barcha ishtirokchilarga teng shartlarda yetkazib berish.

YeOII davlatlari umumiy energiya bozorlarini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq ayrim prinsipial masalalar yuzasidan hali kelishuv zarur.

corner.svg

YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish

Rabochaya poyezdka prezidenta Vladimira Putina v Omsk dlya uchastiya v forume sotrudnichestva s Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Neft qazib olish, Xitoyga yangi ko‘prik va kema zavodi: "Yevroosiyo" loyihalari08.4604-08-2026
2Japarov: qirg‘izlar 200-yil oldin Rossiya bilan munosabat o‘rnatib, to‘g‘ri tanlov qilgan07.905-08-2026
3YeOII doirasidagi kooperatsiya: Qirg‘iziston va Rossiya 800 mln dollarlik bitimlar tuzdi017.106-08-2026
4O‘zbekistonlik o‘quvchi E’zoza Beshimjonova atom muzorarida Shimoliy qutbga yo‘l oldi08.2305-08-2026
5В Бишкеке заявили, что Киргизия заинтересована в наращивании сотрудничества с Россией0012-11-2021
6O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzoladi09.606-08-2026
7Rossiya Beliy Kolodez va Ustinovkani nazoratga oldi: buning harbiy ahamiyati nimada?07.8303-08-2026
8O‘zbekiston Rossiya bilan yuqori aniqlikdagi o‘lchov etalonlarini yaratishni muhokama qildi06.2706-08-2026
9Mirziyoyev elektr va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash rejalari bilan tanishdi07.7406-08-2026
10Temiryo‘lchilar kuniga: Toshkentdagi "Parovozlar muzeyi"da nimalar saqlanmoqda08.6703-08-2026

Классификация: Пресс-релизы. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 7.66. Источник: oz.sputniknews-uz.com.