The Guardian sharhlovchisi Tramp Eronda Afg‘oniston va Iroq saboqlarini unutib, AQShni yangi "abadiy urush"ga olib kirganini yozdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260805/trump-iran-xatolar-59499578.html
The Guardian: Tramp Eronda Afg‘oniston va Iroq xatolarini takrorlamoqda
The Guardian: Tramp Eronda Afg‘oniston va Iroq xatolarini takrorlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
The Guardian sharhlovchisi AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi urushlardan saboq chiqarmay, Eronda ham tashqi tahdidni bo‘rttirish, aniq maqsadsiz kuch ishlatish va chiqish strategiyasi yo‘qligi kabi xatolarni takrorlayotganini yozdi.
2026-08-05T12:11+0500
2026-08-05T12:11+0500
2026-08-05T12:11+0500
dunyo yangiliklari
donald tramp
aqsh – eron mojarosi
urush
kobul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/114/06/1140603_0:0:1501:844_1920x0_80_0_0_e5da3cc5cf702ad1ba1394f69fad4264.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi muvaffaqiyatsiz urushlardan zarur saboq chiqarmadi va Eronda yana o‘sha xatolarni takrorlamoqda. Bu haqda The Guardian xalqaro masalalar sharhlovchisi Saymon Tisdall yozdi.Muallif maqolasini AQSh qo‘shinlarining Kobuldan tartibsiz chiqib ketganiga besh yil to‘lishiga bag‘ishlagan. U Afg‘onistondagi 20-yillik harbiy kampaniyani aniq maqsad va chiqish strategiyasiga ega bo‘lmagan "abadiy urush" sifatida baholaydi.Sharhlovchi Donald Trampning Eronga qarshi boshlagan urushini AQShning navbatdagi "abadiy urushi" deb ataydi. Uning yozishicha, dastlab kichik va qisqa operatsiya sifatida taqdim etilgan mojaro oltinchi oyga kirgan, ammo Vashingtonda hanuz aniq yakuniy maqsad va undan chiqish rejasi yo‘q.Maqolada AQShning tashqi tahdidlarni bo‘rttirishi, siyosiy halollikning yetishmasligi, milliy takabburlik, soddalik va iqtisodiy manfaatlar bir xil ssenariyni qayta-qayta takrorlayotgan omillar sifatida keltiriladi.Muallif Iroq urushi ommaviy qirgin qurollari haqidagi tasdiqlanmagan da’volar asosida boshlanganini esga oladi. Afg‘onistonda esa xalqaro terrorizm xavfi oshirib ko‘rsatilgani, Vashington bu kampaniyaga qariyb bir trillion dollar sarflagani qayd etilgan.Sharhlovchi Eron bilan mojaro Tramp prezidentligining asosiy muvaffaqiyatsizliklaridan biriga aylanayotganini ta’kidlaydi. Uning xulosasiga ko‘ra, Afg‘oniston va Iroqdagi fojiali tajriba unutilgani Vashingtonni yana uzoq davom etadigan va aniq natijasi bo‘lmagan urushga olib keldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260419/trump-prezidentlik-janjal-56979195.html
kobul
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, donald tramp, aqsh – eron mojarosi, urush, kobul
dunyo yangiliklari, donald tramp, aqsh – eron mojarosi, urush, kobul
The Guardian sharhlovchisi Tramp Eronda Afg‘oniston va Iroq saboqlarini unutib, AQShni yangi "abadiy urush"ga olib kirganini yozdi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi muvaffaqiyatsiz urushlardan zarur saboq chiqarmadi va Eronda yana o‘sha xatolarni takrorlamoqda. Bu haqda The Guardian xalqaro masalalar sharhlovchisi Saymon Tisdall yozdi.
Muallif maqolasini AQSh qo‘shinlarining Kobuldan tartibsiz chiqib ketganiga besh yil to‘lishiga bag‘ishlagan. U Afg‘onistondagi 20-yillik harbiy kampaniyani aniq maqsad va chiqish strategiyasiga ega bo‘lmagan "abadiy urush" sifatida baholaydi.
Tisdallning ta’kidlashicha, Afg‘onistondagi tajriba Amerika siyosatchilari va generallarini ochiq muddati belgilanmagan yangi mojarolardan tiyishi kerak edi. Ammo bu saboq 2003-yilda Iroqqa bostirib kirishda ham, hozirgi Eron bilan urushda ham inobatga olinmadi.
Sharhlovchi Donald Trampning Eronga qarshi boshlagan urushini AQShning navbatdagi "abadiy urushi" deb ataydi. Uning yozishicha, dastlab kichik va qisqa operatsiya sifatida taqdim etilgan mojaro oltinchi oyga kirgan, ammo Vashingtonda hanuz aniq yakuniy maqsad va undan chiqish rejasi yo‘q.
Maqolada AQShning tashqi tahdidlarni bo‘rttirishi, siyosiy halollikning yetishmasligi, milliy takabburlik, soddalik va iqtisodiy manfaatlar bir xil ssenariyni qayta-qayta takrorlayotgan omillar sifatida keltiriladi.
Muallif Iroq urushi ommaviy qirgin qurollari haqidagi tasdiqlanmagan da’volar asosida boshlanganini esga oladi. Afg‘onistonda esa xalqaro terrorizm xavfi oshirib ko‘rsatilgani, Vashington bu kampaniyaga qariyb bir trillion dollar sarflagani qayd etilgan.
Tisdallning fikricha, Tramp bir kuni muzokaralar haqida gapirib, keyingi kuni yana harbiy kuch ishlatishga qaytishi orqali mojaroni yanada chuqurlashtirmoqda. AQSh Eronda g‘alaba qozona olmaydigan, ammo yakunlashni ham istamaydigan urushga kirib qolgan.
Sharhlovchi Eron bilan mojaro Tramp prezidentligining asosiy muvaffaqiyatsizliklaridan biriga aylanayotganini ta’kidlaydi. Uning xulosasiga ko‘ra, Afg‘oniston va Iroqdagi fojiali tajriba unutilgani Vashingtonni yana uzoq davom etadigan va aniq natijasi bo‘lmagan urushga olib keldi.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | АҚШ Эронда 300 тадан ортиқ нишонга зарба берди, Теҳрон беш давлатда жавоб қайтарди | 0 | 5 | 12-07-2026 |
| 2 | Трамп назвал убийство Хашкаджи и попытки его скрыть "полным провалом" | 0 | 0 | 24-10-2018 |
| 3 | Ирак потребовал от Ирана объяснений по поводу ракетного обстрела Эрбиля | 0 | 0 | 13-03-2022 |
| 4 | Indictment: Ashkelon couple spied for Iran in exchange for crypto | 0 | 11.1 | 06-08-2026 |
| 5 | Трамп выругался из-за нарушений перемирия Ирана и Израиля | 0 | 0 | 24-06-2025 |
| 6 | DM: Эрдоган и Трамп обсудили дело Хашкаджи на ужине в Париже | 0 | 0 | 11-11-2018 |
| 7 | Пезешкиан сожалеет об атаке на базу США в Катаре | 0 | 0 | 24-06-2025 |
| 8 | Трамп выразил обеспокоенность в связи с пропажей саудовского журналиста в Турции | 0 | 0 | 09-10-2018 |
| 9 | Трамп заявил, что духовному лидеру Ирана следует быть поосторожнее со своими словами | 0 | 0 | 18-01-2020 |