Ikkinchi mavsumda 23 551 ta loyiha taqdim etildi. Loyihalar soni qariyb 12 foizga oshdi, mablag‘ esa deyarli o‘zgarmadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260804/open-byudjet-viloyatlar-59479088.html
23,5 ming tashabbus va 2,18 trln so‘m: Tashabbusli budjet (Open budjet) viloyatlar kesimida
23,5 ming tashabbus va 2,18 trln so‘m: Tashabbusli budjet (Open budjet) viloyatlar kesimida
Sputnik O‘zbekiston
“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumi uchun 2 trln 187,7 mlrd so‘m ajratildi. Loyihalar soni bo‘yicha Samarqand, mablag‘ miqdori bo‘yicha esa Farg‘ona viloyati yetakchi bo‘ldi.
2026-08-04T11:34+0500
2026-08-04T11:34+0500
2026-08-04T11:34+0500
budjet
jamiyat
iqtisodiyot va moliya vazirligi
“tashabbusli budjet” loyihasi
moliyalashtirish
mahalla
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/03/43720005_0:159:3039:1868_1920x0_80_0_0_ae445971b0e0a65a26e0635df053cd67.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumida fuqarolar tomonidan 23 551 ta loyiha taqdim etildi. Ularni moliyalashtirish uchun hududlarga jami 2 trln 187,7 mlrd so‘m ajratilgan.Birinchi mavsum bilan solishtirganda tashabbuslar soni 2 502 taga yoki 11,9 foizga ko‘paygan. Joriy yilning birinchi mavsumida 21 049 ta loyiha taqdim etilgan va ular uchun 2 trln 188,2 mlrd so‘m ajratilgan edi. Qaysi hududdan qancha loyiha kelib tushdi?Loyihalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi. Birinchi mavsumda esa Toshkent viloyati yetakchi edi. Farg‘ona viloyati loyihalar soni bo‘yicha ikkinchi, ajratilgan mablag‘ bo‘yicha esa birinchi o‘rinda qayd etildi.Eng ko‘p mablag‘ ajratilgan tuman va shaharlarSamarqand viloyatida:Surxondaryo viloyatida:Andijon viloyatida:Toshkent viloyatida:Namangan viloyatida:Qoraqalpog‘iston Respublikasida:Qashqadaryo viloyatida:Farg‘ona viloyatida:Navoiy viloyatida:Buxoro viloyatida:Xorazm viloyatida:Jizzax viloyatida:Sirdaryo viloyatida:Birinchi mavsumda loyihalar soni bo‘yicha Toshkent viloyati 2 129 ta tashabbus bilan yetakchilik qilgan edi. Farg‘ona viloyatidan 2 050 ta, Samarqand viloyatidan esa 1 832 ta tashabbus kelib tushgan. Ikkinchi mavsumda Samarqandda loyihalar soni 751 taga yoki qariyb 41 foizga ko‘payib, viloyat birinchi o‘ringa chiqdi.Keltirilgan loyihalar soni saralashdan oldingi, 3-avgust holatidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Moderatsiya natijasida ovoz berishga qo‘yiladigan tashabbuslar soni kamayishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260311/tashabbus-byudjet-ovoz-berish-56212469.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
budjet, jamiyat, iqtisodiyot va moliya vazirligi, “tashabbusli budjet” loyihasi, moliyalashtirish, mahalla
budjet, jamiyat, iqtisodiyot va moliya vazirligi, “tashabbusli budjet” loyihasi, moliyalashtirish, mahalla
Ikkinchi mavsumda 23 551 ta loyiha taqdim etildi. Loyihalar soni qariyb 12 foizga oshdi, mablag‘ esa deyarli o‘zgarmadi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumida fuqarolar tomonidan 23 551 ta loyiha taqdim etildi. Ularni moliyalashtirish uchun hududlarga jami 2 trln 187,7 mlrd so‘m ajratilgan.
Birinchi mavsum bilan solishtirganda tashabbuslar soni 2 502 taga yoki 11,9 foizga ko‘paygan. Joriy yilning birinchi mavsumida 21 049 ta loyiha taqdim etilgan va ular uchun 2 trln 188,2 mlrd so‘m ajratilgan edi.
Demak, loyihalar qariyb 12 foizga ko‘paygan bo‘lsa-da, moliyalashtirish hajmi deyarli o‘zgarmagan — 500 mln so‘mga kamaygan.
Qaysi hududdan qancha loyiha kelib tushdi?
Loyihalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi. Birinchi mavsumda esa Toshkent viloyati yetakchi edi. Farg‘ona viloyati loyihalar soni bo‘yicha ikkinchi, ajratilgan mablag‘ bo‘yicha esa birinchi o‘rinda qayd etildi.
Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar:
Viloyat | Loyihalar soni | Ajratilgan mablag‘ (so‘m) |
Samarqand viloyati | 2 583 | 233 mlrd 676 mln |
Farg‘ona viloyati | 2 316 | 245 mlrd 50 mln |
Toshkent viloyati | 2 313 | 223 mlrd 163 mln |
Andijon viloyati | 2 096 | 220 mlrd 178 mln |
Namangan viloyati | 1 925 | 184 mlrd 28 mln |
Qashqadaryo viloyati | 1 886 | 184 mlrd 632 mln |
Surxondaryo viloyati | 1 760 | 179 mlrd 23 mln |
Toshkent shahri | 1 546 | 99 mlrd 530 mln |
Xorazm viloyati | 1 525 | 123 mlrd 974 mln |
Buxoro viloyati | 1 500 | 126 mlrd 917 mln |
Qoraqalpog‘iston Resp. | 1 453 | 127 mlrd 559 mln |
Jizzax viloyati | 974 | 86 mlrd 550 mln |
Navoiy viloyati | 914 | 88 mlrd 186 mln |
Sirdaryo viloyati | 760 | 65 mlrd 225 mln |
Eng ko‘p mablag‘ ajratilgan tuman va shaharlar
Urgut tumani — 24 mlrd 720 mln so‘m;
Pastdarg‘om tumani — 24 mlrd 488 mln so‘m;
Samarqand shahri — 24 mlrd 442 mln so‘m.
Denov tumani — 24 mlrd 303 mln so‘m;
Jarqo‘rg‘on tumani — 16 mlrd 800 mln so‘m;
Qumqo‘rg‘on tumani — 15 mlrd 376 mln so‘m.
Andijon shahri — 21 mlrd 40 mln so‘m;
Shahrixon tumani — 20 mlrd 217 mln so‘m;
Andijon tumani — 19 mlrd 932 mln so‘m.
Angren shahri — 19 mlrd 722 mln so‘m;
Chirchiq shahri — 15 mlrd 37 mln so‘m;
Piskent tumani — 13 mlrd 110 mln so‘m.
Pop tumani — 18 mlrd 954 mln so‘m;
Yangiqo‘rg‘on tumani — 17 mlrd 654 mln so‘m;
Chust tumani — 17 mlrd 85 mln so‘m.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida:
Nukus shahri — 18 mlrd 608 mln so‘m;
Amudaryo tumani — 12 mlrd 244 mln so‘m;
To‘rtko‘l tumani — 11 mlrd 674 mln so‘m;
Qo‘ng‘irot tumani — 10 mlrd 251 mln so‘m.
Koson tumani — 18 mlrd 214 mln so‘m;
Qarshi shahri — 15 mlrd 361 mln so‘m;
Yakkabog‘ tumani — 15 mlrd 91 mln so‘m.
Farg‘ona shahri — 17 mlrd 939 mln so‘m;
O‘zbekiston tumani — 17 mlrd 939 mln so‘m;
Farg‘ona tumani — 17 mlrd 723 mln so‘m.
Xatirchi tumani — 17 mlrd 623 mln so‘m;
Qiziltepa tumani — 11 mlrd 674 mln so‘m;
Navbahor tumani — 9 mlrd 681 mln so‘m;
Karmana tumani — 9 mlrd 681 mln so‘m.
G‘ijduvon tumani — 17 mlrd 85 mln so‘m;
Buxoro shahri — 16 mlrd 515 mln so‘m;
Shofirkon tumani — 11 mlrd 959 mln so‘m;
Jondor tumani — 11 mlrd 674 mln so‘m.
Urganch tumani — 14 mlrd 144 mln so‘m;
Shovot tumani — 12 mlrd 813 mln so‘m;
Qo‘shko‘pir tumani — 11 mlrd 959 mln so‘m;
Sharof Rashidov tumani — 12 mlrd 182 mln so‘m;
Zomin tumani — 9 mlrd 681 mln so‘m;
Baxmal tumani — 8 mlrd 542 mln so‘m.
Sirdaryo tumani — 9 mlrd 966 mln so‘m;
Boyovut tumani — 7 mlrd 372 mln so‘m;
Xovos tumani — 6 mlrd 549 mln so‘m.
Birinchi mavsumda loyihalar soni bo‘yicha Toshkent viloyati 2 129 ta tashabbus bilan yetakchilik qilgan edi. Farg‘ona viloyatidan 2 050 ta, Samarqand viloyatidan esa 1 832 ta tashabbus kelib tushgan. Ikkinchi mavsumda Samarqandda loyihalar soni 751 taga yoki qariyb 41 foizga ko‘payib, viloyat birinchi o‘ringa chiqdi.
Keltirilgan loyihalar soni saralashdan oldingi, 3-avgust holatidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Moderatsiya natijasida ovoz berishga qo‘yiladigan tashabbuslar soni kamayishi mumkin.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | “Xavfsiz va sog‘lom yurt”: iyul oyida 7597 ta jinoyat aniqlandi | 0 | 17.57 | 02-08-2026 |
| 2 | 2026 yilda O‘zbekistonda 750 ta korxonada 1,386 trln so‘mlik ekologik zarar aniqlandi | 0 | 29.3 | 05-08-2026 |
| 3 | Chorvachilik va parrandachilikka $895 mln: go‘sht-sut hajmini oshirish rejalari taqdim etildi | 0 | 19.02 | 05-08-2026 |
| 4 | На территориях ОЭЗ Подмосковья инвестиции в I квартале превысили 8 млрд рублей | 0 | 0 | 04-06-2025 |
| 5 | KPI, ustama va bonuslar: davlat xizmatchilari maoshi qanday o‘zgarishi mumkin? | 0 | 19.63 | 04-08-2026 |
| 6 | Объем инвестиций в основной капитал Липецкой области в начале года вырос на 26% | 0 | 0 | 09-07-2020 |
| 7 | Инфраструктурную поддержку в Арктике смогут получить семь проектов на 187 млрд рублей | 0 | 0 | 23-07-2020 |
| 8 | Объем инвестиций в Татарстан вырос почти на 23% в первом полугодии | 0 | 0 | 13-09-2021 |
| 9 | Объем инвестиций в бюджет Москвы вырос в 2,2 раза за десять лет | 0 | 0 | 11-11-2020 |
| 10 | Турпоток в КЧР летом 2020 года достиг зимнего уровня после снятия ограничений | 0 | 0 | 15-10-2020 |