Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Saidov Hindiston rahbariyati bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Дата публикации: 04-08-2026 04:18:48

Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Hindiston rahbariyati bilan savdo, investitsiya va transport hamkorligini batafsil muhokama qildi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260804/india-investitsiya-loyihalar-59473362.html

Saidov Hindiston rahbariyati bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Saidov Hindiston rahbariyati bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Subramanyam Jayshankar va prezident Draupadi Murmu bilan uchrashib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

2026-08-04T09:18+0500

2026-08-04T09:18+0500

2026-08-04T09:21+0500

tashrif

baxtiyor saidov

o‘zbekiston tiv

investitsiya

savdo

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59472920_0:360:2359:1687_1920x0_80_0_0_4f412f22b1a4b1bb2cd194bca582be95.jpg

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu TIV matbuot xizmati xabar berdi.Tomonlar strategik sheriklikni rivojlantirish, davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi. Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.Tashrif doirasida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi ham o‘tkazildi. Unda energetika, infratuzilma, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, oziq-ovqat sanoati, transport-logistika, sog‘liqni saqlash hamda qishloq xo‘jaligidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.Forumda Nayara Energy, NTPC, Olectra Greentech, Panacea Biotec, Multani Pharmaceuticals va Zipaworld Innovation kabi yirik hind kompaniyalari vakillari qatnashdi. Shuningdek, Baxtiyor Saidov Hindiston prezidenti Draupadi Murmu bilan uchrashdi. Murmu ikki mamlakatni chuqur tarixiy va madaniy rishtalar bog‘lab turishini ta’kidlab, konchilik, jumladan nodir yer metallari, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va axborot texnologiyalarida hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

https://oz.sputniknews.uz/20260803/uzbekistan-india-savdo-59468282.html

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59472920_0:263:2359:2032_1920x0_80_0_0_41a6d1886d84b4c30be64ad38b8d86e9.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

tashrif, baxtiyor saidov, o‘zbekiston tiv, investitsiya, savdo

tashrif, baxtiyor saidov, o‘zbekiston tiv, investitsiya, savdo

09:18 04.08.2026 (yangilandi: 09:21 04.08.2026)

Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Hindiston rahbariyati bilan savdo, investitsiya va transport hamkorligini batafsil muhokama qildi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar strategik sheriklikni rivojlantirish, davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi ham o‘tkazildi. Unda energetika, infratuzilma, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, oziq-ovqat sanoati, transport-logistika, sog‘liqni saqlash hamda qishloq xo‘jaligidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Forumda Nayara Energy, NTPC, Olectra Greentech, Panacea Biotec, Multani Pharmaceuticals va Zipaworld Innovation kabi yirik hind kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Asosiy e’tibor yangi investitsiya loyihalarini ilgari surish va ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirishga qaratildi.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov Hindiston prezidenti Draupadi Murmu bilan uchrashdi. Murmu ikki mamlakatni chuqur tarixiy va madaniy rishtalar bog‘lab turishini ta’kidlab, konchilik, jumladan nodir yer metallari, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va axborot texnologiyalarida hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Flag Indii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1O‘zbekiston va Hindiston savdoni oshirish va erkin savdo bitimi imkoniyatini ko‘rib chiqdi04.7603-08-2026
2Toshkent viloyati va Boshqirdiston 235,7 mln dollarlik loyihalarni tezlashtiradi013.1803-08-2026
3Ufada O‘zbekiston Savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi06.2706-08-2026
4Мирзиёев за рулем автомобиля проверил качество автотрассы на юге Узбекистана0014-03-2023
5Neft qazib olish, Xitoyga yangi ko‘prik va kema zavodi: "Yevroosiyo" loyihalari08.4604-08-2026
6O‘zbekiston Rossiya bilan yuqori aniqlikdagi o‘lchov etalonlarini yaratishni muhokama qildi06.2706-08-2026
7Минкавказ РФ призвал власти регионов усилить контроль за реализацией инвестпроектов0029-10-2019
8У бывшего вице-премьера КЧР конфисковали 19 объектов недвижимости0025-11-2025
9Трутнев назвал тяжелой ситуацию с инвестиционной привлекательностью Забайкалья0029-11-2018
10Власти Дагестана ищут инвесторов для предприятий, которые оказались в сложном положении0028-02-2019

Классификация: Экономика. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 7.86. Источник: oz.sputniknews-uz.com.